locale OZ

Karles Puyol: «Real» Mourinyo bilan yanada kuchliroq bo‘lishi mumkin»

"Barselona" sobiq futbolchisi Joze haqida fikr bildirdi.
Karles Puyol: «Real» Mourinyo bilan yanada kuchliroq bo‘lishi mumkin»
ФОТО: Getty images

“Barselona”ning sobiq himoyachisi Karles Puyol “Real” klubi Joze Mourinyo qo‘l ostida yanada kuchli jamoaga aylanishi mumkinligini ta’kidladi.

“Biz buyuk murabbiy haqida gapiryapmiz. Men u bilan “Barselona”da, yoshlar jamoasidan asosiy tarkibga o‘tgan vaqtimda tanishganman. O‘shandaoq uning futbolni qanchalik chuqur tushunishini ko‘rib turardik. Keyinchalik u ajoyib faoliyat olib bordi va “Real”ni boshqardi.

O‘sha paytda biz o‘z formamizning cho‘qqisida edik. Gvardiola va Mourinyo o‘rtasidagi raqobat, Messi va Krishtianuning yorqin o‘yinlari fonida haqiqatan ham ikki buyuk jamoa o‘zaro bellashardi. Bu ajoyib raqobatni yaxshi eslayman.

Endi voqealar qanday rivojlanishini ko‘ramiz. Men hanuz “Barselona” kuchli jamoa ekaniga va ajoyib mavsum o‘tkazishi mumkinligiga ishonaman. Mourinyo qo‘l ostida “Real” yanada kuchliroq bo‘lishi mumkin”, — deya Puyolning so‘zlarini keltirdi Marca.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting