Karim Benzema yana Lionel Messi bilan bir ligada o‘ynashi mumkin
“Al-Hilol” hujumchisi Karim Benzema yaqin vaqt ichida Saudiya Arabistoni klubini tark etadi. 38 yoshli fransiyalik futbolchi faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta taklif olgan. Bu haqda Diario AS xabar berdi.
Benzemaga Saudiya Arabistonining “Al-Shabab” va sobiq jamoasi “Al-Ittihod” qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, hujumchiga AQSHning MLS chempionatidan ham taklif tushgan.
Agar Benzema MLS klubiga o‘tsa, u yana Lionel Messi bilan bir chempionatda to‘p surishi mumkin. Messi ayni paytda “Inter Mayami” safida faoliyat olib bormoqda. Benzema esa hozircha kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilmagan.
Ma’lumot uchun, Benzema “Al-Hilol” safida 16 ta uchrashuvda 10 ta gol urib, 5 ta golli uzatma amalga oshirgan. Futbolchi faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti.