locale OZ

Karim Benzema La Ligaga qaytishi mumkin — “Betis” uni o‘z safiga qo‘shmoqchi

Transfer amalga oshishi uchun Benzema avvalo “Al-Hilol” bilan shartnomasini bekor qilib, erkin agentga aylanishi kerak.
Karim Benzema La Ligaga qaytishi mumkin — “Betis” uni o‘z safiga qo‘shmoqchi
Foto: Getty Images

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi hujumchisi Karim Benzema faoliyatini yana Ispaniyada davom ettirishi mumkin. ElGolDigital ma’lumotiga ko‘ra, “Real Betis” 38 yoshli fransiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Transfer amalga oshishi uchun Benzema avvalo “Al-Hilol” bilan shartnomasini bekor qilib, erkin agentga aylanishi kerak. Sevilya klubi aynan shunday holatda futbolchi bilan muzokara boshlashi kutilmoqda. Shuningdek, Benzema “Betis”ga o‘tishi uchun Saudiya Arabistonidagi maoshiga nisbatan ancha kamroq maoshga rozi bo‘lishi kerak bo‘ladi.

“Al-Hilol” esa hujum chizig‘iga yangi futbolchi olib kelishni rejalashtirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Saudiya klubi “Aston Villa” hujumchisi Olli Uotkins variantini ko‘rib chiqmoqda. Shu sabab Benzemaning jamoadan ketishi ehtimoli paydo bo‘lgan. Biroq futbolchiga yaqin manbalar uning hozircha “Al-Hilol”ni tark etish niyati yo‘qligini ham bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Benzemaning “Al-Hilol” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan. U Saudiya klubiga 2026-yilda “Al-Ittihod”dan kelib qo‘shilgan va dastlabki 13 uchrashuvida 9 ta gol urgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting