locale OZ

Karim Benzema «Al Ittihod»ni tark etishi mumkin

Fransuz yulduzi yangi shartnomadan norozi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karim Benzema «Al Ittihod»ni tark etishi mumkin
FOTO: Getty Images

Jiddaning «Al Ittihod» klubi hujumchisi Karim Benzema Saudiya Arabistonidagi faoliyatini yakunlash arafasida turibdi. Bu haqda nufuzli ESPN nashri xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 38 yoshli futbolchi klub rahbariyati tomonidan taklif etilgan yangi shartnoma shartlaridan mutlaqo norozi. Shu sababli u ayni damda jamoadan ketish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Vaziyat ancha jiddiy tus olgan bo‘lib, fransuz forvardi shartnoma atrofidagi kelishmovchiliklar fonida «Al Fotih» (2:2) bilan bo‘lgan bahsda ishtirok etishdan bosh tortgan.

Tajribali hujumchining keyingi manzili borasida hozircha ikki asosiy yo‘nalish ko‘rsatilmoqda. Benzema yana Yevropaning kuchli chempionatlaridan biriga qaytishi yoki AQSHning MLS jamoalaridan biriga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.

Benzema 2023 yilning yozidan buyon «Al Ittihod» safida to‘p surib kelmoqda. Uning amaldagi mehnat shartnomasi 2026yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda yulduzli hujumchining bozor qiymati 6 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting