locale OZ

Karim Benzema “Al-Hilol”dagi kelajagi haqida: “Men qolaman”

38 yoshli fransiyalik futbolchi joriy mavsumda Saudiya Arabistoni klubini tark etmasligini tasdiqladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karim Benzema “Al-Hilol”dagi kelajagi haqida: “Men qolaman”
Foto: Getty Images

“Al-Hilol” hujumchisi Karim Benzema kelajagi borasida qaror qabul qilganini ma’lum qildi. 38 yoshli fransiyalik futbolchi joriy mavsumda Saudiya Arabistoni klubini tark etmasligini tasdiqladi.

“Men “Al-Hilol”da qolaman”, — dedi Benzema. Futbolchining ushbu so‘zlarini insayder Fabritsio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida keltirdi.

Benzema “Al-Hilol” safiga 2026-yil fevral oyida “Al-Ittihod”dan ko‘chib o‘tgan. Bungacha fransiyalik hujumchi “Al-Ittihod” bilan Saudiya Arabistoni chempionati va mamlakat kubogida g‘olib chiqqan.

Ma’lumot uchun, Benzema 2009–2023-yillar davomida “Real Madrid” sharafini himoya qilgan. U Madrid klubi bilan 25 ta sovrin, jumladan besh marta Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritgan. 2022-yilda esa “Oltin to‘p” sohibiga aylangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting