Karim Adeyemi \"Barselona\"ni tanladi
22 yoshli hujumchining Dortmund bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallangan.
Foto: Getty Images
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Karim Adeyemi faoliyatini "Barselona"da davom ettirishni istamoqda.
Xabarlarga ko‘ra, germaniyalik futbolchi klub rahbariyatiga faqat "Barselona"ga o‘tishni xohlashini ma'lum qilgan. Shu bilan birga, Kataloniya klubi va Dortmund o‘rtasida transfer bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Adeyemi "Barselona" bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha ham kelishuvga erishgan. Endi transferning amalga oshishi ikki klub o‘rtasidagi kelishuvga bog‘liq.
22 yoshli hujumchining Dortmund bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallangan. Shunga qaramay, futbolchi yangi mavsumni aynan "Barselona" safida boshlashni maqsad qilgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist