Karim Adeyemi \"Barselona\" futbolchisi - Romano
Tomonlar haxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi.
Foto: Getty Images
Mashhur insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Karim Adeyemi "Barselona" bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi. Futbolchi Dortmund rahbariyatiga faqat Kataloniya klubiga o‘tishni istayotganini ham ma'lum qilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, "Barselona" transfer bo‘yicha rasmiy taklif yuborgan. Biroq Dortmund ushbu taklifni qoniqarli deb topmagan va muzokaralar davom etmoqda. Nemis klubi futbolchi uchun yuqoriroq transfer summasini talab qilmoqda.
Shunga qaramay, tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda va "Barselona" transferni yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin yakunlashga ishonmoqda. Adeyemining o‘zi esa faoliyatini aynan "Kamp Nou"da davom ettirishni istamoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist