Kapello: «Italiya terma jamoasi uchun eng munosib nomzod — Antonio Konte»
Gattuzo o‘z lavozimidan ozod etildi.
ФОТО: Getty images
“Milan” va “Roma”ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga eng munosib nomzod sifatida Antonio Konteni ko‘rsatdi.
“Men bu haqda avval ham aytganman — Konte. U terma jamoa boshqaruvida o‘zini a’lo darajada ko‘rsatgan.
Roberto Manchini ham kuchli mutaxassis. Biroq uning hal qiluvchi o‘yinlar arafasida milliy jamoani tark etganini shunchaki unutib bo‘lmaydi. Bu juda jiddiy qaror edi”, — dedi Kapello Football Italia nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi Jahon chempionati–2026 yo‘llanmasi uchun pley-off finalida Bosniya va Gersegovinaga (1:1, penaltilar seriyasida 1:4) mag‘lub bo‘ldi.
Ushbu omadsizlikdan keyin milliy jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo o‘z lavozimidan ozod etildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist