Kapadze: «Vaqt ko'rsatadi»
O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Jahon chempionatiga jamoani boshlab borishi haqidagi savolga javob berdi.
photo: tribuna.uz
O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi 4:0 qarama-qarshiligidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Temur Kapadze Jahon chempionatiga jamoani boshqarish yoki boshqarmaslik haqidagi savolga javob berdi.
«Hozircha CAFA turniridamiz. Keyin qanaqa bo'ladi, taqdir nima bo'ladi degan savollarga hozir javob yo'q. Vaziyatni ko'rib turibsizlar. Shuning uchun javob berishga qiynalaman. Javobni boshqa odamlardan qidirish kerak. Aniqlansa shunga qarab ish qilamiz.
Albatta rejalarimiz bor. Oktyabrda va noyabrda o'quv-yig'in mashg'uloti o'tkazamiz. O'rtoqlik o'yinlari ham rejalashtirilgan. Lekin keyinchalik nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi»,-dedi Kapadze.
Ibrohim Jalolov
Redaktor