locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Kapadze JCH-2026 oldidan terma jamoa rejalarini ma'lum qildi

Futbol 11 iyn 2025 da 00:44
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: Gazeta.uz

Jahon chempionati–2026 saralashining so‘nggi turida O‘zbekiston terma jamoasi Qatarni ishonchli tarzda 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng bosh murabbiy Timur Kapadze jurnalistlarga intervyu berdi. Uning aytishicha, jamoa BAA va Qatarga qarshi hal qiluvchi bahslarga to‘liq e’tibor qaratgan. Endi terma jamoa jahon chempionatiga bosqichma-bosqich tayyorgarlikni boshlaydi.

«Musobaqa oldidan CAFA doirasida o‘yinlar va AQSH jamoalariga qarshi nazorat uchrashuvlari rejalashtirilgan. Shu orqali futbolchilar yetarli tajriba to‘plashadi, deb o‘ylayman», — dedi Kapadze.

Qayd etish joiz, Qatar ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba jamoaning saralashdagi natijasiga ta’sir qilmadi. Oldingi turda BAA bilan 0:0 hisobidagi durang O‘zbekistonga 18 ochko jamg‘arib, JCH–2026 yo‘llanmasini muddatidan oldin ta’minlash imkonini bergan edi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting