Kapadze Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin — manba
Federatsiya short-listida o‘zbekistonlik mutaxassis ham o‘rin olgan.
Фото: ЎФА
O‘zbekiston terma jamoasining sobiq ustozi va hozirda yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin. Bu haqda Goal Media xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Indoneziya futbol federatsiyasi yaqinda iste’foga chiqarilgan niderlandiyalik mutaxassis Patrik Klyuyvert o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda.
Terma jamoa Jahon chempionatiga yo‘llanma ololmagandan so‘ng afsonaviy futbolchini iste’foga chiqarishga qaror qildi.
Kapadzedan tashqari yana ikki murabbiy nomzodi ko‘rib chiqilmoqda. Bular germaniyalik Tomas Doll va Iroq terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xesus Kasas ham bor.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist