Kante Yevropaga qaytmoqchi emas
34 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
Frantsiya va “Al-Ittihod” klubi yarim himoyachisi Ngolo Kante Yevropaga qaytish ehtimoli haqidagi xabarlarga izoh berdi.
"Parijga yoki Frantsiya chempionatining boshqa klublariga o'tishimni hech kim bilmaydi. Hozircha bu haqida o'ylaganim yo'q. Hozirda "Al-Ittihod" bilan shartnomam bor. Yaqin yillarda futbolchilik salohiyatimdan unumli foydalanmoqchiman. Frantsiya chempionatiga qaytish haqida hech narsa bilmayman, lekin bu masalani ko'targanim yo'q", - deydi Kante.
Kante avvalroq faoliyati davomida “Bulon”, “Lester” va “Chelsi” klublarida to'p surgan. 34 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor narxi 5 million yevroni tashkil qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist