locale OZ

Kante uchun APL jamoasi ham qiziqmoqda

Uning "Al-Ittihod" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kante uchun APL jamoasi ham qiziqmoqda
ФОТО: Getty images

Fransiyalik tayanch yarim himoyachi Ngolo Kante Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubini tark etib, yana Yevropa futboliga qaytishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano ma'lum qildi.

Manbada keltirilishicha, futbolchiga APL klubi jiddiy qiziqmoqda. Ammo klub nomi hozircha oshkor qilinmagan.

Unga asosiy da'vogar sifatida Istanbulning "Fenerbahche" klubi qaralmoqda.

34 yoshli Kante 2023 yil yozidan beri Saudiya Arabistoni chempionatida o'ynamoqda. Uning "Al-Ittihod" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Yarim himoyachining bozor qiymati 4,5 million yevro deb baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting