locale OZ

Kante Frantsiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kante Frantsiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
Фото: Getty Images

"Al-Ittihod" markaziy yarim himoyachisi Ngolo Kante katta ehtimol bilan yozda jamoani tark etadi. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni jamoasi rahbariyati ushbu transfer oynasida fransuzga boshqa klubga o‘tishga ruxsat bergan.

Kante agentlari allaqachon yarim himoyachiga yangi jamoa qidirmoqda. Unga "Monako" va "PSJ", shuningdek, Saudiya Arabistonining "Al-Qodisiya" klublariga taklif bo‘lgan.

O‘tgan mavsumda 34 yoshli yarim himoyachi "Al-Ittihod" safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Kantening narxi — 5 mln yevro.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting