locale OZ

Kanseluga intizomiy jazo qo‘llanilishi mumkin

31 yoshli himoyachi faoliyatini "Barselona"da davom ettirishni istamoqda.
Kanseluga intizomiy jazo qo‘llanilishi mumkin
Foto: Getty Images

Portugaliyalik himoyachi Joau Kanselu "Barselona"ga o‘tishni kutayotgani sababli "Al-Hilol"ning mavsumoldi yig‘iniga qo‘shilmadi. Shu bois Saudiya klubi futbolchiga nisbatan intizomiy choralar qo‘llashi mumkin.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Kanselu ta'tildan so‘ng jamoa bilan Avstriyadagi yig‘inga yetib borishi kerak edi. Biroq u Portugaliyada qolib, individual mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Futbolchining klubdan ruxsat olgan-olmagani hozircha rasman tasdiqlanmagan.

31 yoshli himoyachi faoliyatini "Barselona"da davom ettirishni istamoqda. Kataloniya klubi ham futbolchini to‘liq transfer qilish ustida "Al-Hilol" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Tomonlar kelishuvga yaqin ekani aytilmoqda.

Agar Kanseluning mavsumoldi yig‘inida qatnashmagani uzrsiz deb topilsa, "Al-Hilol" klub ichki nizomiga muvofiq futbolchini jarimaga tortishi yoki boshqa intizomiy jazo choralarini qo‘llashi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting