locale OZ

Kanselu «Barselona»da qolish uchun maoshini kamaytirishga tayyor

Transfermarkt portali uni 9 million yevroga baholagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kanselu "Barselona"da qolish uchun maoshini kamaytirishga tayyor
ФОТО: Getty images

"Al Hilol" himoyachisi Joau Kanselu "Barselona"dagi faoliyatini davom ettirishni istamoqda. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.

Manbaga ko'ra, portugaliyalik futbolchi kamida yana bir mavsum kataloniyaliklar safida qolishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, "Al Hilol" himoyachining transferidan taxminan 10 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan. Kanseluning o'zi esa "Barselona"da qolish uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor.

Joau Kanselu 2025 yil yozida Saudiya klubi tomonidan "Barselona"ga ijaraga berilgandi. Uning "Al Hilol" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.

Ma'lumot uchun, portugaliyalik futbolchi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 27 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta assist muallifiga aylangan. Transfermarkt portali uni 9 million yevroga baholagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting