locale OZ

Kannavaro shtabiga ikki nafar italiyalik mutaxassis qo‘shildi

Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Kannavaro shtabiga ikki nafar italiyalik mutaxassis qo‘shildi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro shtabiga ikki nafar yangi mutaxassis qo‘shildi.

O‘FA ma’lumotiga ko‘ra, italiyalik Silvano Kotti milliy jamoada fizioterapevt sifatida ish boshlaydi. U katta xalqaro tajribaga ega bo‘lib, faoliyati davomida Italiya va Xitoy milliy terma jamoalari, shuningdek, "Inter", "Milan", "Chelsi" va "Roma" klublarida mehnat qilgan.

Shuningdek, Andrea Yuliano O‘zbekiston milliy terma jamoasi shtabiga sport nutritsiologi sifatida qo‘shildi. Biolog-nutritsiolog va sport ovqatlanishi bo‘yicha mutaxassis avval "Udineze" klubi hamda Shveytsariya U-21 terma jamoasi bilan ishlagan.

Yangi mutaxassislar milliy jamoa futbolchilarining jismoniy holatini nazorat qilish, tiklanish jarayoni va sport ovqatlanishi yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting