locale OZ

Kannavaro «Oltin to‘p» uchun kurash haqida: «Xvicha aql bovar qilmas ishlarni amalga oshirdi»

«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kannavaro «Oltin to‘p» uchun kurash haqida: «Xvicha aql bovar qilmas ishlarni amalga oshirdi»
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro joriy yilgi «Oltin to‘p» uchun kurashda kimni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Uning fikricha, sovringa «PSJ» va Gruziya terma jamoasi vingeri Xvicha Kvaratsxeliya loyiq.

«Mening xotiram yaxshi, faqat so‘nggi voqealarga e’tibor qaratmayman. O‘tgan mavsumda Chempionlar ligasining eng yorqin futbolchisi Kvaratsxeliya bo‘ldi. Agar ovoz berishim kerak bo‘lganida, ikkilanmasdan uni tanlardim.

Albatta, jahon chempionati, Mbappe, Messi va uning butun faoliyatini eslash mumkin. Ammo Kvara maydonda aql bovar qilmas ishlarni qildi», — deya Kannavaroning so‘zlarini La Gazzetta dello Sport nashri keltirgan.

Ma’lumot uchun, «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Qayd etish joizki, Fabio Kannavaroning o‘zi ham mazkur nufuzli sovrin sohibi hisoblanadi. U 2006 yilda Italiya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lganidan so‘ng «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting