locale OZ

Kannavaro: «JChda 4 marta qatnashganman va u yerdagi o‘yin tempini juda yaxshi bilaman»

Italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Kannavaro: «JChda 4 marta qatnashganman va u yerdagi o‘yin tempini juda yaxshi bilaman»
Фото: ЎФА

5 avgust kuni O‘FA majlislar zalida O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Jismoniy tayyorgarlik

“Sakkiz-to‘qqiz oy orqaga qaytadigan bo‘lsak, kelishim bilan ta’kidlagandim. Bizdagi mavjud muammolar to‘g‘risida, asosiy o‘yinchilarning holatini yaxshilash haqida gapirdim. Chempionat darajasini oshirish, umuman, O‘zbekiston futbol tizimini takomillashtirish, bu narsalar haqida juda ham ko‘p gapirdik.

Va har doim intensivlik suhbatimiz markazida bo‘lgan, ya’ni futbolchilarning intensivligini oshirish, ularning yuqori tempda o‘ynashini ta’minlash – oldimizga qo‘yilgan asosiy maqsad bo‘lgan.

Chunki men to‘rtta jahon chempionatida qatnashganman. Futbolchi sifatida, to‘g‘ri murabbiy sifatida birinchi marta qatnashishim, lekin men jahon chempionati tempini, intensivligini juda yaxshi bilardim. Jahon chempionatidagi tempni dahshatli temp, deyish mumkin. Lekin kimdir aytishi mumkin, kimdir jahon chempionatida oson bo‘lishini o‘ylagandir, lekin men jahon chempionati tempi to‘g‘risida oldindan ogohlantirgandim”, - dedi Kannavaro.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting