locale OZ

Kannavaro: «Jahon chempionatiga asta-sekin tayyorgarlik ko‘rib boramiz»

O‘zbekiston terma jamoasi ustozі Urugvayga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kannavaro: «Jahon chempionatiga asta-sekin tayyorgarlik ko‘rib boramiz»
Фото: ЎФА

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Urugvayga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Afsuski, bugungi o‘yinda 9 nafar futbolchimiz jarohat sabab maydonga chiqa olmadi. Mavjud tarkibdagi futbolchilarni ko‘rib chiqish va ularni sinovdan o‘tkazish men uchun muhim edi. Nima bo‘lsa ham, yigitlarning harakatidan mamnunman. Ular bugun borini berdi.

Bunday o‘yinlarda gol urish muhim. Ehtimol, hisobni oldinroq ochishimiz ham mumkin edi. Yaxshi vaziyatlarga ega bo‘ldik. Futbolchilar to‘psiz ham yaxshi imkoniyatlar yaratdi. Urugvay kabi jamoaga qarshi o‘ynash oson emas. Sababi ularning ko‘pchiligi Braziliya chempionatida harakat qiladi. Jamoamiz yaxshi, uni kuchaytirish imkoni bor. Byelsa singari mutaxassisdan ijobiy fikr eshitganimdan xursandman. U futbol tarixida o‘z o‘rniga ega murabbiylardan biri. Undan o‘rganadigan jihatlarim ko‘p.

Jismoniy tomondan ancha orqadamiz. Ammo buni tuzatish uchun 8 oy vaqtimiz bor. Bu faqat mashg‘ulot emas, balki ovqatlanish, uyqu, tiklanish kabi omillarga ham bog‘liq. Jahon chempionatiga asta-sekin tayyorgarlik ko‘ramiz. Murakkab turnir bo‘lishi aniq.

Birinchi gol ofsajddan kiritildi, ikkinchisida esa raqibga ko‘p hudud bo‘shatib berdik. Himoyada bir-birimizga yaqin o‘ynashimiz kerak. Yuqori darajali jamoalarga qarshi o‘yinlarda xatolarni maksimal darajada kamaytirib, konsentratsiyani yo‘qotmaslik kerak. Tanaffusda ikkinchi bo‘limning dastlabki 15 daqiqasida e’tiborli bo‘lishni aytgandik. Ammo yaxshi birinchi bo‘limdan so‘ng yigitlar biroz bo‘shashishdi. Keyin o‘zgarishlar orqali o‘yinni kuchaytirdik va gol urdik”, — deydi Kannavaro matbuot anjumanida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting