Kannavaro Italiyada Masharipov va Aliqulov bilan uchrashdi
Murabbiy futbolchilar holidan xabar oldi.
ФОТО: Getty images
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Italiyada reabilitatsiya jarayonini o‘tkazayotgan futbolchilarimiz Jaloliddin Masharipov hamda Husniddin Aliqulov bilan uchrashdi.
O‘FAning yozishicha, bosh murabbiy futbolchilarimizning tiklanish jarayoni bilan yaqindan tanishib, ularga tezroq safga qaytish tilagini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, har ikki o‘yinchi ham Italiyada jarrohlik amaliyotini o‘tkazib, tiklanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist