locale OZ

Kannavaro: «Bu yig‘inda asosiy e’tiborni kelajakka qaratdik. Bizda yosh yoki qari o‘yinchi degan tushuncha yo‘q»

Italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida yig‘inga ilk bor chaqirilgan Muhammad Hakimov haqida ham fikr bildirdi.
Kannavaro: «Bu yig‘inda asosiy e’tiborni kelajakka qaratdik. Bizda yosh yoki qari o‘yinchi degan tushuncha yo‘q»
photo: UFA

Kannavaro: «Bu yig‘inda asosiy e’tiborni kelajakka qaratdik. Bizda yosh yoki qari o‘yinchi degan tushuncha yo‘q»

Italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida yig‘inga ilk bor chaqirilgan Muhammad Hakimov haqida ham fikr bildirdi.

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va sardori Eldor Shomurodov Eronga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Eronga qarshi bahsda milliy jamoaga chaqirilgan Muhammad Hakimov maydonga tushadimi?

- Hakimovni jahon chempionatidan oldin ko‘rdim. Yosh bo‘lishiga qaramay, qo‘rqmasligi va kuchli shaxsiyatga ega. Bizning milliy jamoada yosh yoki qari degan tushuncha yo‘q. Bo‘lajak bahslarda qanchadur vaqtda maydonga tushishiga imkoniyat beramiz. Aytaylik, yosh o‘yinchilarning potensiali va iqtidori bo‘lsa, uni albatta yig‘inlarga jalb qilamiz. Yoshi kattalarga ham imkoniyat beramiz.

- Milliy jamoaga yoshlarni chaqirishda siz nimalarga e’tibor berasiz? Srechko Katanes bo‘yi past bo‘lgan o‘yinchilarni chaqirmasligini va bo‘ydorlarga imkoniyat berishini aytgandi...

- Erta tongdan turib, milliy jamoa uchun o‘zimdan-o‘zim o‘yinchilarni tanlamayman. Har doim kuchli va jamoaga yordam beradigan o‘yinchilarni jalb qilamiz. Chempionatda yaxshi o‘ynayotganlarni chaqiramiz. Kim kelgan bo‘lsa, ular bunga haqli. Kimlar chaqirilmagan bo‘lsa, buning o‘ziga yarasha sabablari bor.

Bu yig‘indan asosiy maqsad kelajak uchun qaratilgan. Yangi chaqirganlarni kelajak uchun chaqirdik. Unga e’tibor qaratmoqdamiz. Avvalgi murabbiy asosan 20-22 nafar o‘yinchi chaqirardi. Bu esa siz jurnalistlar uchun yoqmagan. Hozirgi holatda ko‘plab o‘yinchilarni ham yig‘inga chaqirishimizdan ham kamchilik topilmoqda. Ikrom Aliboyevga kelsak. U yaxshi futbolchi. Unga milliy jamoa eshiklari uchun ochiq. Takrorlayman, ushbu yig‘indan asosiy maqsad, kelajakka ko‘proq e’tibor berish. Men ham sizlarni hurmat qilaman. Sizlardan ham iltimos mening qarorlarimni hurmat qiling», - deya matbuot anjumanini yakunladi Kannavaro.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting