Kannarvaro: «Umid qilamanki, biz oxirigacha kurashamiz»
AQSh, Kanada hamda Meksika maydonlarida bo'lib o'tadigan 2026 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionatiga qur'a tashlandi. Unda Fabio Kannavarro boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi o'z raqiblarini bilib oldi.
Qur'a natijalariga ko'ra, O'zbekiston “K” guruhidan joy oldi. Turnirda Fabio Kannavarro jamoasiga Portugaliya, Kolumbiya hamda qit'alararo pley-off g'olibi (Kongo – Yamayka/Yangi Kaledoniya) raqiblik qiladi. Qur'adan so'ng bosh murabbiy O'FA matbuot xizmatiga intervyu berdi.
“Dastlabki taassurot shuki, bu Jahon chempionati va unda har qanday jamoa bilan ro'baro' kelish mumkin. Biz Portugaliya va Kolumbiyaga qarshi o'ynaymiz, futbolchilarimiz uchun ham juda hayajonli bo'ladi. Biz mundialdamiz, bu — qur'a va unda hamma narsa bo'lishi mumkin. Hozir shu yerda ekanligimizdan xursandmiz. Umid qilamanki, biz oxirigacha kurashamiz”, — dedi Kannavarro.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi guruh bosqichi uchrashuvlarini Meksika hamda AQSh maydonlarida o'tkazishi kutilmoqda.