locale OZ

Kanada Tomas Partiga viza berishdan bosh tortdi

32 yoshli futbolchi Panamaga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kanada Tomas Partiga viza berishdan bosh tortdi
ФОТО: Getty images

Gana terma jamoasining yarim himoyachisi Tomas Parti Torontoda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

The Athletic nashri xabar berishicha, futbolchiga Kanada hududiga kirishga ruxsat berilmagan.

2025 yilda London politsiyasi futbolchini 2020–2022 yillar oralig'ida, u “Arsenal” safida to'p surgan vaqtda sodir etilgan 7 ta zo'rlash va bir marta jinsiy tajovuz holati bo'yicha ayblagan edi.

Tomas Parti o'z aybini rad etgan. Mazkur ish bo'yicha sud muhokamasi 2027 yilda o'tkazilishi mumkin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting