Kanada mezbonlar orasida mundialni tark etgan ilk jamoaga aylandi
Endi musobaqada mezbon davlatlardan Meksika va AQSH o‘z yurishini davom ettirmoqda.
Foto: Getty Images
Kanada terma jamoasi Jahon chempionati-2026dagi yurishini nimchorak finalda yakunladi.
Mezbon davlatlardan biri hisoblangan Kanada pley-off bosqichida Marokashga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi va turnirni tark etdi. Shu tariqa, kanadaliklar JCh-2026 mezbonlari orasida mundialdan chiqib ketgan birinchi jamoaga aylandi.
Kanada guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, 1/16 finalda Janubiy Afrika ustidan g‘alaba qozongan edi. Biroq nimchorak finalda Marokashga qarshi bahsda jamoa raqibning bosimi va tezkor hujumlariga munosib javob bera olmadi.
Marokash esa ushbu g‘alaba orqali chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. “Atlas sherlari” navbatdagi bosqichda Paragvay — Fransiya uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist