locale OZ

Kanada JCH tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi

Bahsda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kanada JCH tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
12.06.2026, Yak.
Kanada
1
Bosniya va Gersegovina
1

Jahon chempionatining “B” guruhi doirasida Kanada hamda Bosniya va Gersegovina terma jamoalari o‘rtasidagi 1-tur uchrashuvi yakunlandi. Bahsda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.

Hisob 21-daqiqada ochildi. Bosniya va Gersegovina hujumchisi Jovo Lukich jamoasini oldinga olib chiqdi. Kanadalik hujumchi Kayl Larin esa 79-daqiqada hisobni tenglashtirib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Mazkur natijadan so‘ng Kanada va Bosniya va Gersegovina terma jamoalari bir ochkodan jamg‘arib, guruh jadvalida mos ravishda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab turibdi.

Kanada – Bosniya va Gersegovina 1:1
Gollar:
Lukich, 21 (0:1). Larin, 78 (1:1)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting