locale OZ

Kanada 2026-yilgi Jahon chempionati vaqtida qariyb 21 ming muxlisga viza berishni rad etdi

Kanada hukumati bunday qarorlar mamlakatning amaldagi immigratsiya qonunchiligi va xavfsizlik talablari asosida qabul qilinganini ta’kidlagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kanada 2026-yilgi Jahon chempionati vaqtida qariyb 21 ming muxlisga viza berishni rad etdi
Foto: Getty Images

2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati mezbonlaridan biri bo‘lgan Kanada musobaqa davomida mamlakatga kirishni istagan qariyb 21 ming nafar xorijlik muxlisning viza arizasini rad etdi. Bu haqda The Toronto Star nashri xabar berdi. Ma’lumotlar Kanada immigratsiya, qochqinlar va fuqarolik masalalari vazirligi tomonidan e’lon qilingan.

Qayd etilishicha, Jahon chempionati uchun Kanada vizasiga murojaat qilgan 38 582 nafar muxlisdan 20 978 nafari rad javobini olgan. Shu tariqa murojaatlarning yarmidan ko‘pi qanoatlantirilmagan. Eng ko‘p rad javobi Hindiston, Nigeriya, Pokiston va Gana fuqarolariga berilgan.

Kanada hukumati bunday qarorlar mamlakatning amaldagi immigratsiya qonunchiligi va xavfsizlik talablari asosida qabul qilinganini ta’kidlagan. Shu bilan birga, inson huquqlari tashkilotlari va muxlislar birlashmalari bunday yuqori rad etish ko‘rsatkichi Jahon chempionatining ochiqlik va inklyuzivlik tamoyillariga salbiy ta’sir ko‘rsatganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tdi. Musobaqa davomida viza masalasi mezbon davlatlar duch kelgan eng muhokamali mavzulardan biriga aylandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting