locale OZ

Kamron Saydazimov Indoneziya klubi bilan shartnoma imzoladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamron Saydazimov Indoneziya klubi bilan shartnoma imzoladi
ФОТО: Персикад

Kamron Saydazimov faoliyatini Indoneziyada davom ettiradi.

Ikkinchi divizionda o'ynaydigan “Persikad” klubi 26 yoshli yarim himoyachining transferini e'lon qildi.

O'zbekistonlik futbolchi yilning birinchi yarmida “Sho'rtan”da o'ynab, Superligada 11 ta bahsda maydonga tushgandi.

Saydazimov faoliyati davomida OKMK, “Lokomotiv”, “Andijon” va “Surxon” kabi klublarda ham harakat qilgan.

“Persikad” yangi mavsumdagi ilk o'yinini 13 sentabr kuni “Samsel United”ga qarshi o'tkazadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting