«Kamp Nou» tashqarisida Messiga haykal qo'yiladi
Messi “Barselona” safida 778 ta o‘yinda 672 ta gol urgan.
ФОТО: Getty images
“Barselona” prezidenti Joan Laporta klub afsonasi Lionel Messining haykali yaqinda qayta ochiladigan “Kamp Nou” tashqarisida o‘rnatilishini ma’lum qildi.
Kataloniya klubi tarixidagi eng yaxshi futbolchisini sharaflash uchun doimiy yodgorlik ustida ish olib bormoqda.
“Messi har doim “Barselona” bilan bog‘liq bo‘lib qoladi. Uning eshigi ochiq, biz uni cheksiz hurmat qilamiz. U eng oliy darajadagi ehtiromga munosib”, — deydi Laporta.
Ma’lumot uchun, Messi “Barselona” safida 778 ta o‘yinda 672 ta gol urgan. 21 yillik faoliyati davomida u jamoa bilan 10 ta La Liga, 4 ta Chempionlar Ligasi va 3 ta klublar o‘rtasidagi Jahon chempionligi kabi tarixiy sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist