Kamondan otish. Toshkent xalqaro turnirga mezbonlik qiladi
PHOTO: Telegram
Kamondan otish sport turi bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilayotgan sportchi va hakamlar ishtirokida joriy yilning 17-19 may kunlari poytaxtimizda III Xalqaro “Alpomish va Barchinoy” turniri bo‘lib o‘tadi. Unda Butunjahon Kamondan otish federasiyasi bosh kotibi Tom Dilen janoblarining ishtiroki kutilmoqda.

O‘zbekiston mezbonligida o‘tkaziladigan mazkur turnirda, 8 ta davlat (Gruziya, Turkiya, Xindiston, Qirg‘iziston,Turkmaniston,Tojikiston, Qozog‘iston Respublikalari va Rossiya Federasiyasi)dan tashrif buyuradigan 100 dan ortiq mohir merganlar o‘rtasidagi murosasiz va qizg‘in bellashuvlarni guvohi bo‘lishingiz mumkin.
Sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlashni unutmang va musobaqa tafsilotlarini sports24.uzda kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor