locale OZ

Kamoliddin Tojiyev: «Yutish uchun oxirigacha kurashish kerak»

"Paxtakor" ustozi "Xorazm"ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamoliddin Tojiyev: «Yutish uchun oxirigacha kurashish kerak»
Фото: Пахтакор ПФК

"Xorazm" bilan bellashuvdan so'ng “Paxtakor” bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi.

“O'yin haqida gapiradigan bo'lsak, uchrashuv boshidayoq o'tkazib yuborilgan gol baribir biroz ruhiy ta'sir ko'rsatdi. Keyin o'zimizga keldik, gol urdik, yaxshi vaziyatlar yaratdik. Yigitlar bugun yaxshi harakat qilishdi, oxirigacha kurashishdi. Ikkinchi golni ham kiritdik va yana ko'plab vaziyatlar bo'ldi, biroq ulardan foydalana olmadik. Endi, bu — futbol. Har o'yinda shunday kurashmasak, g'alaba qozona olmaymiz. Bugun barcha yigitlar kurashib, oxirigacha o'ynab, juda muhim g'alabani qo'lga kiritishdi. Ularning barchasiga rahmat aytaman.

O'tgan uchrashuvda ham 1:0 dan keyin himoyaga o'tib olgandik. Hozir bu ustida ishlayapmiz, yigitlar bilan gaplashyapmiz. Balki, bu biroz ruhiy holat bilan bog'liqdir. Xudo xohlasa, bu kamchilikni bartaraf etamiz. Biz ularga "orqaga yotib olinglar", demayapmiz, balki ular ham gol o'tkazib yuborishdan qo'rqishyaptimi, bilmadim. Lekin bu jihat ustida ishlayapmiz, chunki ko'p o'yinlarda shu holat kuzatilmoqda”, - deyiladi klub xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting