locale OZ

Kamoliddin Tojiyev: «Yarim finalga chiqib, sovrin uchun kurashni davom ettiramiz»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamoliddin Tojiyev: «Yarim finalga chiqib, sovrin uchun kurashni davom ettiramiz»
Фото: Пахтакор ПФК

O‘zbekiston kubogi chorak finalidan o‘rin olgan "Paxtakor" va "Mash'al" o‘rtasidagi bahsdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida qatnashdi.

"O‘yinni to‘liq nazorat qildik. Tez gol urdik va birinchi bo‘limda yirik hisobda oldinga chiqib oldik. Vazi­yatlardan unumli foydalandik. Ikkinchi bo‘limda esa charchoq sezildi. Bir necha kun oldin qiyin uchrashuv o‘tkazdik. Shunga qaramay, yigitlar oxirigacha o‘ynashga intilishdi. Yarim finalga chiqib, sovrin uchun kurashni davom ettiramiz. Oldimizga chempionatda ham, kubokda ham g‘oliblik uchun kurashish maqsadi qo‘yilgan. "Paxtakor"da vazifa doim g‘alaba uchun harakat qilish, buni kimdir aytishi shart emas. Biz shunga ko‘nikkanmiz", - deydi Tojiyev.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting