locale OZ

Kamoliddin Tojiyev: «Standart holatlarda mezbonlarga ko‘p imkoniyat berib qo‘ydik»

“Paxtakor” ustozi o‘yin xususida fikrlarini bildirdi.
Kamoliddin Tojiyev: «Standart holatlarda mezbonlarga ko‘p imkoniyat berib qo‘ydik»
Фото: Пахтакор ПФК

Olmaliqdagi bellashuvdan so‘ng “Paxtakor” ustozi Kamoliddin Tojiyev o‘yin xususida fikrlarini bildirdi.

- Bu yerdagi bahslar har doim qiyin kechadi. Bugun ham yaxshi o‘yin bo‘ldi. Vaziyatlardan foydalandik va bu bizga g‘alaba keltirdi. Mashg‘ulotlarda buning ustida ishlaymiz. Bu foyda berayotganidan xursandman. OKMK futbol o‘ynaydigan jamoa. Ular xujumkor o‘ynashga intiladi. Ularni mag‘lub etish oson emas.

Standart holatlarda mezbonlarga ko‘p imkoniyat berib qo‘ydik. Futbolda ba’zan hammasi o‘xshaydi, OKMKning standartlari xavfli ekanini bilardik. Maydon holati yaxshiroq o‘ynashga yo‘l qo‘ymadi. Mavsum davomida barchada imkoniyat bo‘ladi. Yoshlar ham maydonga tushib, bizga yordam berishadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting