locale OZ

Kamoliddin Tojiyev: Shifokorlar bilan maslahatlashgan holda Alijonovga bugun 30 daqiqa o‘ynash imkoniyatini berdik

"Paxtakor" - "Struga" (1:1) o‘yinidan keyin sherlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev intervyu berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamoliddin Tojiyev: Shifokorlar bilan maslahatlashgan holda Alijonovga bugun 30 daqiqa o‘ynash imkoniyatini berdik
photo: Paxtakor FK

"Paxtakor" - "Struga" (1:1) o‘yinidan keyin sherlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev intervyu berdi.

"Bugun yangi yil hisobidan birinchi o‘yinimizni o‘tkazdik. Ikkita 45 daqiqadan, ikkita tarkib bilan harakat qildik. 10 nafar yosh futbolchini asosiy tarkibga jalb qildik.

Hozir jarohat olganlar yo‘q emas. Bo‘riyev va Hamraliyev o‘n kun ichida mashg‘ulotimizga qo‘shiladilar. 5 nafar futbolchimiz terma jamoa yig‘inida ishtirok etyaptilar. Shifokorlar bilan maslahatlashgan holda Alijonovga bugun 30 daqiqa o‘ynash imkoniyatini berdik", - deydi Tojiyev.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting