locale OZ

Kamoliddin Tojiyev: O‘yin oxirida charchoq sezildi

OKMK bilan bahsdan so‘ng "Paxtakor" bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamoliddin Tojiyev: O‘yin oxirida charchoq sezildi
photo: Paxtakor FK

OKMK bilan bahsdan so‘ng "Paxtakor" bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi.

"O‘yinni yaxshi boshladik. Birinchi bo‘limda bir necha golli vaziyatlar yaratdik va yigitlar juda yaxshi harakat qilishdi. Ikkita gol bilan tanaffusga yo‘l oldik. Keyin bo‘lim boshida to‘p o‘tkazdik. Shundan keyin shiddatli daqiqalarda oradagi farqni yana oshira oldik. O‘yin oxirida charchoq sezildi. 10 nafar futbolchimiz terma jamoalar yig‘inidan qaytdi.

Tarkibdagi barcha o‘yinchida imkoniyat bo‘ladi. Har bir futbolchini yaxshi holatga olib chiqishga urinamiz. O‘yin amaliyoti hammaga beriladi. Nasrullayev o‘ziga yuklatilgan vazifani yaxshi uddalayapti. U ko‘p marta hujumlarga qo‘shildi va sheriklariga golli imkoniyatlar yaratib berdi. Jamoaviy harakatlar ustida ishlashda davom etamiz",-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting