locale OZ

Kamoliddin Tojiyev: «Neftchi» deyarli vaziyatlar yarata olmadi»

«Sherlar» bosh murabbiyi «buyuk chinorlar» bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamoliddin Tojiyev: «Neftchi» deyarli vaziyatlar yarata olmadi»
Photo: Paxtakor FK

"Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev "Neftchi"ga qarshi ajoyib g‘alabadan keyin matbuot anjumanida qatnashdi.

"O‘yinni yaxshi boshladik. Chetlatishdan so‘ng himoyalanishga majbur bo‘ldik, ammo gol ham urdik. Ikkinchi bo‘limda himoyalandik va Umarni maydonga tushirib, besh nafar himoyachi uslubiga o‘tib oldik.

Maqsadimiz bizni oldinga yetakladi. Yigitlar ko‘proq ochko to‘plashimiz kerakligini tushunib turishibdi. Birinchi davrada ko‘p ochkolar yo‘qotdik. Endi xato qilishga haqqimiz yo‘q. Bugun yaxshi himoyalandik. Shu sababli "Neftchi" deyarli vaziyatlar yarata olmadi.

Bizda FIFA kunlarida 15 nafar futbolchi terma jamoaga yo‘l oldi. Yoshlarimiz ham U23 termasi safida saralash musobaqasida ishtirok etishdi. Mening xavotirga solgan narsa jarohatlar edi, ammo iroqlik futbolchilarimiz jarohat bilan safimizga qaytishdi. Futbolchilarda charchoq sezilmadi. Sababi ular "Paxtakor" uchun bor kuchlarini topishadi. Ikki-uch kun tiklanishga harakat qildik. Bizni ajoyib qo‘llab turgan muxlislarga g‘alabani bag‘ishlaymiz",-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting