locale OZ

Kamoliddin Tojiyev: Dinamo\" menga sovg‘alar taklif qilmadi

Paxtakor murabbiyi samarqandliklar bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamoliddin Tojiyev: Dinamo" menga sovg‘alar taklif qilmadi
Photo: Paxtakor FK

Paxtakor Dinamo kubok yarimfinalidan so‘ng sherlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev fikr bildirdi.

"Yaxshi jamoa bilan o‘ynadik. Birinchi bo‘limda biroz o‘yinimiz chiqmadi. Ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik, o‘zimizga keldik. Vaziyatlar yaratdik. "Dinamo"da ham vaziyatlar bo‘ldi, teng o‘yin bo‘ldi. Bugun ikkita yaxshi jamoa kurash olib bordi. Raqib ham bekorga tepa o‘rinlarda emas. Ha, asosiy vaqtda hal qilmoqchi edik. Biroq ish penaltilargacha bordi.

Ikkita o‘yinda gol ura olmadik, to‘g‘ri. Oldingi bahsda "Sho‘rtan" 10 kishi bo‘lib himoyalandi. Ularni yorib o‘tish qiyin bo‘ldi. Bugun vaziyatlar yaratdik, omadimiz kelmadi. Har doim ham ko‘p gol urib bo‘lmaydi. Raqiblar ham bizni o‘rganadi. Ikki-uch vaziyatda omadimiz kelmadi. "Dinamo" menga sovg‘alar taklif qilmadi. Ularni ko‘rib chiqqandik. "Dinamo" yaxshi futbol o‘ynaydi: ular himoyaga yotib olmaydi, oldinga harakatlanadi.

Mashg‘ulotlarda penaltilar borasida ishlamadik. Lekin darvozabonlarimiz raqibning penaltilarini ko‘rib chiqishdi. Shu sababli posbonimiz bugun ikkita seyv amalga oshirdi",-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting