Kamoliddin Tojiyev: «Bunday yirik hisob bo‘lishini kutmagandik»
Фото: Андижон ПФК
“Andijon” - “Paxtakor” (2:6) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev ishtirok etdi.
- Ko‘rdingizlar, o‘yin to‘liq ustunligimizda o‘tdi va g‘alabaga erishdik. Futbolchilarga rahmat. Har o‘yinda maydonga tushib oxirigacha kurashyapti. 10 futbolchi bo‘lib qolsak ham gollar urdik.
- Uchrashuvda yirik hisob qayd etilishini kutganmidingiz?
- Yo‘q. G‘alabaga kelgandik, ammo bunaka yirik hisob bo‘lishini kutmagandik.
- Jamoani o‘yinga tayyorlash qiyin bo‘lmadi-mi? Chunki Maksim Shatskix “Paxtakor”ga begona bo‘lmagan...
- Qiyin bo‘lmadi. Hamma jamoaga qarshi tayyorgarlik ko‘rgandek tayyorlandik. Yigitlarga rahmat. Hamma aytgan ko‘rsatmalarimizni to‘g‘ri bajarishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist