Kamoliddin Tojiyev: Bunday o‘yinlarga ishtiyoq uyg‘otish qiyin
O'zbekiston kubogi guruh bosqichi birinchi turidan o'rin olgan Paxtakor - Yaypan 4:1 bahsidan so‘ng sherlar bosh murabbiyi matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.
photo: Paxtakor FK
O'zbekiston kubogi guruh bosqichi birinchi turidan o'rin olgan Paxtakor - Yaypan 4:1 bahsidan so‘ng sherlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.
"Bunday o‘yinlarga ishtiyoq uyg‘otish qiyin. Yigitlarga bu to‘g‘risida gapirdik, ammo baribir birinchi goldan keyin xotirjamlikka berildik.
Ikkinchi bo‘limda o‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, hisobni yiriklashtirdik. Chempionat bellashuvlarida kamroq amaliyotga ega bo‘lgan futbolchilarga ham imkoniyat beramiz",-dedi mutaxassis.
Ibrohim Jalolov
Redaktor