locale OZ

Kamoliddin Tojiyev: Barchasini tahlil qilamiz

Paxtakor – Navbahor (0:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev qatnashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamoliddin Tojiyev: Barchasini tahlil qilamiz
photo: Navbahor FK

O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Navbahor” (0:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

“Sherlar” ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini uchrashuv haqidagi fikrlari bilan boshladi.
- O‘yinni yaxshi boshlay olmadik. Balki maydonni tozalash kerakligi uchun ko‘p kutib qolib ketgandirmiz. Ikkinchi bo‘limda o‘zimizga ikkita gol olib keldik. Yigitlarni tanimadim, ertaga buni tahlil qilib chiqamiz va xulosalar chiqaramiz.

- Bugungi mag‘lubiyatdan so‘ng, Superkubok finalidagi imkoniyatlar pasayib ketmaydimi?
- Yo‘q. Final bitta o‘yindan iborat. Bilmayman, bugun bizga nima bo‘ldi? Barchasini tahlil qilamiz.

- Dastlabki ikki turda Hamdamov va Pajishekni zaxiradan maydonga tushirgan edingiz. Bugun esa polshalik hujumchini asosiy tarkibda ko‘rdik. Ushbu qaror o‘zini qanchalik oqladi?
- Bugun butun jamoa yaxshi o‘ynay olmadi. Nima bo‘lganini bilmayman, ochig‘i. Shuning uchun tahlil qilib chiqamiz ,deb aytyapman.

- “Paxtakor” bugun raqibdan o‘yinning barcha jabhalarida ortda qolganini tan olasizmi? Balki qaysidir jihatlar bo‘yicha jamoangiz yaxshiroq bo‘lgandir?
- Barcha aspektlarda demagan bo‘lardim. O‘zimizga yo‘q joydan ikkita gol olib keldik. Nega penalti olib kelganimizni bilmayman. Boshqa ko‘zga ko‘rinarli vaziyat bo‘lmadi.

- Sergeyev va Hamrobekovni “Paxtakor”da ko‘rishimiz mumkinmi? Agar FIFA ruxsat bersa?
- Ko‘ramiz. Birinchi navbatda FIFA bunday imkoniyatni taqdim etishi kerak. Shundan so‘ng muzokara olib boramiz.

- Penalti belgilanishidan oldin ham Ibragimov qoida buzgan edi. 11 metrlik jarima zarbasi ham uning xatosi tufayli belgilandi. Ibragimovni zaxiraga olishga kechikdim deb o‘ylaysizmi? U bugungi o‘yinda biroz asabiylashib ketgandek tuyuldi...
- Ibragimov biroz asabiy o‘yinchi. Bu futbol. Ko‘rib chiqamiz va nima ro‘y berganini bilib olamiz. Uni oldinroq zaxiraga olmoqchi edim.

- Noqulay ob-havo sharoiti jamoangiz o‘yiniga qanchalik ta’sir qildi?
- Ob-havo ikki jamoa uchun ham bir xil edi.

- Timur Kapadze hozirgina ushbu uchrashuvga juda jiddiy yondashgani haqida aytib o‘tdi. “Paxtakor”ning bugungi mag‘lubiyatida murabbiylarning shtabi qanchalik aybdor? Raqib jamoa murabbiylar shtabi aynan bugungi uchrashuvda o‘ta jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan ekan...
- Bunga javobni uchrashuvni tahlil qilib bo‘lganimizdan so‘ng bilib olamiz.

- Ikkinchi bo‘limning startida urilgan gol o‘yinga qanchalik ta’sir qildi?
- Birinchi daqiqadayoq o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik.

- Hakamlarning ishiga baho berib o‘tsangiz?
- Bu haqda gapirmayman.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting