locale OZ

Kamoliddin Murzoev: Shomurodov va Fayzullayev dueti o‘zbek futboliga foyda keltiradi

Sobiq to‘purar Eldorning Italiyada faoliyati va Turkiyaga o‘tishi borasidagi fikr bildirdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

So‘nggi besh yil ichida Eldor Shomurodov nafaqat O‘zbekiston terma jamoasining yetakchisiga, balki Yevropada tan olingan hujumchilardan biriga aylandi.

Endilikda u Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi safida to‘p suradi. Yaqqin vaqt ichida u yerga Abbos Fayzullayev ham yo‘l olishi mumkin. Ushbu vaziyatga baho berish maqsadida mutaxassis va sobiq to‘purar Kamoliddin Murzoev fikrini o‘rgandik.

— Eldorning Italiyada faoliyati haqida nima deya olasiz?
— U yerda o‘tkazgan 4,5 yilini ijobiy baholayman. O‘sha davrda o‘zbek futboli endi rivojlanayotgan edi va aynan Eldor top-5 chempionatlaridan biriga yo‘l olgan ilk futbolchilardan bo‘ldi. Bu oson emas, lekin u o‘zini ko‘rsata oldi va bir necha mavsum kuchli jamoalar safida harakat qildi. Ayta olaman: u Italiyada o‘z o‘rnini topdi.

— Uning Turkiyaga ko‘chishi to‘g‘ri qarormi? Yoki Italiyada qolgani ma’qul bo‘larmidi?
— Bu transferga faqat shaxsiy nuqtai nazardan emas, balki turnir nuqtai nazaridan ham qarash kerak. Turkiya klublari so‘nggi yillarda ham ichki chempionatda, ham xalqaro maydonda muvaffaqiyatlarga erishmoqda. "Bashakshehir" kabi maqsadlari yirik bo‘lgan klubga o‘tish — Eldor uchun yangi imkoniyat. Shaxsan men bu qarorni qo‘llab-quvvatlayman.

— Eldorga 30 yosh. U hali ham top chempionatga qaytish imkoniyatiga egami?
— Bugungi futbolda yoshlikdan ko‘ra jismoniy tayyorgarlik va professional yondashuv muhimroq. Eldorda bularning barchasi bor. Hozir ham u top-5 chempionatlaridan birida to‘p sura oladi. Uni oldinda Jahon chempionati kutmoqda va bu unga katta motivatsiya beradi.

— Fayzullayevning ham Turkiyaga o‘tishi kutilmoqda. Ularning duetidan nimalarni kutyapsiz?
— O‘zbek futbolchilari bir jamoada o‘ynasa, bu terma jamoa uchun katta plus. Jamoaviy uyg‘unlik va o‘zaro tushunish kuchayadi. Agar Shomurodov va Fayzullayev birga to‘p sursa, bu nafaqat ularning o‘ziga, balki o‘zbek futboli nufuzi uchun ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa boshqa futbolchilarimiz uchun ham yangi eshiklarni ochishi mumkin.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting