Kambeklar poygasida “Neftchi” “Navbahor”ni mag’lubiyatga uchratdi


Superliga 4-turidan o’rin olgan “Neftchi” hamda “Navbahor” jamoalari o’rtasidagi uchrashuv bo’lib o’tdi. Bu safargi vodiy derbisi ham avvalgilaridan qolishmagan holda keskin kurashlarga boy tarzda kechdi.
Uchrashuvning 29 daqiqasida mehmonlar sardori Azim Ahmedov uzoq masofadan jarima zarbasini aniq amalga oshirgan holda o’yindagi hisobni ochdi. 48 daqiqa o’tib borayotganda, “Neftchi”ning qisqa paslardan iborat hujumi samarali yakunlandi. Bilol Toshmirzayev muvozanatni tikladi. To’pni maydon markazidan boshlagan “lochinlar” darhol hujumga o’tib, Ruslanbek Jiyanovning aniq harakati evaziga tezkorlik bilan hisobda oldinga o’tib olishdi, 1:2.
63 daqiqaga kelib, “Neftchi” hujumchisi Zoran Marushich hisobni tenglashtirdi, 2:2. Uchrashuv yakunlanishiga o’n sakkiz daqiqa qolganida, o’zining o’n sakkiz yoshiga qaytib qolgan sobiq “Navbahor”chi Zoran Marushich yana raqib darvozasini aniq ishg’ol qildi, bu safar juda chiroyli tarzda . Uchrashuvda hisob boshqa o’zgarmadi va bu kambeklar poygasidan keyin “buyuk chinorlar” vodiy derbisida muhim g’alabani qo’lga kiritishdi.

“Neftchi” – “Navbahor” 3:2
Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar:RuslanSerazitdinov,Baxtiyorxo'jaShavkatov
Zaxira hakami:XushnudSuyunboev
Nazoratchi:BaxtiyorNamozov
VAR:NayimQosimov
AVAR:NasibabonuToshmuhammedova
Komissar:Shohruh Said
Gollar: 0:1 – 29, Azim Ahmedov, 1:1 – 48, Bilol Toshmirzaev (Jamshid Iskanderov), 1:2 – 49, Ruslanbek Jiyanov (Pedro Augusto), 2:2 – 64, Zoran Marushich (Jamshid Boltaboev), 3:2 – 72, Zoran Marushich (Abror Ismoilov).

Futbol
Kecha da 17:06

Futbol
Kecha da 14:13

Futbol
Kecha da 13:19