Kamavinga yozda «Real»ni tark etishi mumkin
Madridning «Real» klubida yarimhimoyachi Eduardu Kamavinga bilan xayrlashishi mumkin. «Qaymoqranglilar» safidagi joriy mavsum 23 yoshli futbolchi uchun «o‘ziga xos bitiruv imtihoni»ga aylandi va u bu imtihondan o‘ta olmadi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Kamavinga Madridda o‘zini xuddi uydagidek his qilmoqda, biroq fransiyalik futbolchi mavjud haqiqat bilan kelishishi va boshqa jamoalardan tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Kamavinga 2021 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib keladi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘yinchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.