locale OZ

Kamavinga va Kounde Fransiya terma jamoasi mashg‘ulotida qatnashmadi

Fransiya hozircha JCH–2026 saralash bosqichining D guruhida 4 o‘yindan 10 ochko to‘plab birinchi o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamavinga va Kounde Fransiya terma jamoasi mashg‘ulotida qatnashmadi
ФОТО: Getty images

Fransiya terma jamoasi a’zolari Eduardo Kamavinga va Jül Kounde jamoaviy mashg‘ulotlarda ishtirok etmadi. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ular jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy bilan individual dastur asosida shug‘ullangan.

Kamavinga va Kounde 13 noyabr kuni Parijdagi “Park de Prens” stadionida o‘tkaziladigan Fransiya — Ukraina uchrashuvida safga qaytishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya hozircha JCH–2026 saralash bosqichining D guruhida 4 o‘yindan 10 ochko to‘plab birinchi o‘rinda bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting