locale OZ

Kamavinga «Bavariya»ga qarshi oʻyinda qizil kartochka olganidan soʻng kiyinish xonasida yigʻlab yubordi — manba

Uchrashuvda myunxenliklar 4:3 hisobida gʻalaba qozongan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamavinga «Bavariya»ga qarshi oʻyinda qizil kartochka olganidan soʻng kiyinish xonasida yigʻlab yubordi — manba
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Eduardu Kamavinga Chempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi «Bavariya»ga qarshi javob uchrashuvidan (4:3) so‘ng kiyinish xonasida yigʻlab yuborgan.

Mazkur bahsda u zaxiradan maydonga tushganidan 25 daqiqa o‘tib qizil kartochka olib, maydonni tark etgan edi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «qaymoqranglilar» futbolchilari o‘yindagi hakamlikdan g‘azablangan holda kiyinish xonasiga kirishgan, biroq «mutlaqo ruhan ezilgan» Kamavingani ko‘rgach, tinchlanishgan. Ta’kidlanishicha, fransiyalik yarimhimoyachi o‘zining xatosi qarama-qarshilik taqdirini hal qilganini tushunib yetgan inson holatida bo‘lgan. «Real» o‘yinchilari esa Kamavingani qo‘llab-quvvatlashgan.

Shuningdek, yarimhimoyachi o‘z ismining klubning transfer ro‘yxatidan joy olganini ham anglab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting