Kamaru Usman faoliyatini yakunlashi mumkinligini tan oldi
Usmanning so‘zlariga ko‘ra, u murabbiylari va oilasi bilan maslahatlashib, MMA'da qolish yoki faoliyatini yakunlash borasida qaror qabul qiladi.
Foto: Getty Images
UFC sobiq yarim o‘rta vazn chempioni Kamaru Usman Dricus du Plessisdan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng faoliyatini yakunlash ehtimolini istisno qilmadi. Nigeriyalik jangchi endi keyingi qadami haqida jiddiy o‘ylayotganini aytdi.
Usmanning so‘zlariga ko‘ra, u murabbiylari va oilasi bilan maslahatlashib, MMA'da qolish yoki faoliyatini yakunlash borasida qaror qabul qiladi. 39 yoshli sportchi: "Endi davom ettirish bunga arziydimi yoki yo‘qmi, shuni o‘ylab ko‘rishim kerak", deya ta'kidladi.
Avvalroq Usman UFC Oklahoma City turnirida Dricus du Plessisga ochkolar hisobiga imkoniyatni boy bergandi. Mag‘lubiyatdan keyin uning professional faoliyatini yakunlashi haqidagi taxminlar yanada kuchaydi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist