locale OZ

Kalafiyori Italiya milliy jamoasi yigʻinini tark etdi

23 yoshli himoyachi jarohatidan toʻliq tiklana olmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kalafiyori Italiya milliy jamoasi yigʻinini tark etdi
FOTO: Getty Images

«Arsenal»ning 23 yoshli himoyachisi Rikkardo Kalafiyori Italiya terma jamoasi yig‘inini tark etdi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marssio o‘zining rasmiy saytida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Moldovaga qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuborgan futbolchi son jarohatidan to‘liq tiklana olmagani sabab milliy jamoa mashg‘ulotlar bazasini tark etishga majbur bo‘lgan.

Kalafiyori 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi uchta o‘yinda maydonga tushgan, biroq gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmagan.

Italiya terma jamoasi saralashning I guruhida 18 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Guruh peshqadami esa — 21 ochkoga ega Norvegiya. Mazkur jamoalar 16 noyabr kuni, JCh-2026 saralashining 10-turida o‘zaro kuch sinashadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting