Kalafiori Norvegiyaga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi
23 yoshli futbolchi sonidan jarohat olgan.
ФОТО: Getty images
Londonning "Arsenal" klubi qanot himoyachisi Rikardo Kalafiori Italiya terma jamoasi safida jarohat oldi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi sonidan jarohat olgan.
Natijada Kalafiori italiyaliklarning JCh-2026 saralashidan o‘rin olgan Norvegiyaga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Bu bahs Gattuso jamoasi uchun juda muhim hisoblanadi.
Joriy mavsumda futbolchi klub miqyosida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist