locale OZ

Kachorri faoliyatini Iordaniyada davom ettiradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kachorri faoliyatini Iordaniyada davom ettiradi
Photo: Bunyodkor PFK

Albaniyalik hujumchi Luis Kachorri faoliyatini Iordaniyaning “Al-Hussain” jamoasida davom ettiradi.

27 yoshli futbolchi “Bunyodkor”ni tark etgandi. Uning "qaldirg'ochlar" bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng u klubni tark etdi.

“Bunyodkor” safida bu mavsum 17 o‘yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi hamda 1 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portali uni 300 ming yevroga baholagan.

Kachorri faoliyati davomida Italiya va Albaniya chempionatlarida ham to‘p surgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting