Kabo-Verde terma jamoasi XXI asrning noyob natijasiga erishdi
Ular guruhda gʻalaba qozonmasdan keyingi bosqichga chiqdi.
ФОТО: Getty images
Jamoa barcha uchta oʻyinni durang oʻynab, guruh bosqichini 3 ochko bilan yakunladi. Bu natija guruhda ikkinchi oʻrinni egallash va 1/16 finalga chiqish uchun yetarli boʻldi.
Swuawka xabar berishicha, Kabo-Verde XXI asrda jahon chempionatida guruhdan birorta ham gʻalaba qozonmasdan chiqishga muvaffaq boʻlgan yagona terma jamoa boʻldi.
Shuningdek, qayd etilishicha, bu turnir ishtirokchilari orasida aholisi eng kam boʻlgan mamlakatlardan biri — davlat aholisi taxminan 530 ming kishini tashkil etadi, bu esa pley-offga chiqqan terma jamoalar orasida rekord darajada past koʻrsatkichdir.
JCh-2026ning 1/16 finalida Kabo-Verde Argentina terma jamoasi bilan uchrashadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist